TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar qamoq jazosi yoki jarimaga tortiladi.
O‘zbekistonning ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasiga ko‘ra, hayvonlarni qiynoqqa solish yoki azob berish 990 mingdan 1 mln 650 ming so‘mgacha jarimaga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksining 202-1-moddasiga muvofiq, agar bu holat ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, va hayvonlar o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, 16 mln 500 ming so‘mgacha jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘lishi mumkin.
Bunda ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikni cheklash yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shaharlar va boshqa aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish ham bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik fuqarolarning sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.