TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Amerikaliklar oddiy o‘q-dorilar yetishmasligi va chorasizlik tufayli Kiyev rejimini kassetali artilleriya snaradlari bilan ta’minlamoqda – UQK qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Rossiya qurol tanlashda ancha ko‘proq jangovar resurslarga va erkinlik darajasiga ega, shu jumladan samarali kassetali o‘q-dorilar — taktik raketalar, havo bombalari, reaktiv va artilleriya snaradlariga ega. Shuning uchun rus qo‘shinlarining “javobi” qaqshatqich bo‘ladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya UQK tomonidan Amerikaning 155 mm kassetali o‘q-dorilardan foydalanishiga javob qaytarishini aytdi: “Shu paytgacha biz bu ishni qilmaganmiz, foydalanmaganmiz, bizda bunga ehtiyoj yo‘q edi”.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ushbu jinoiy ta’minotga yaxshi kun kechirayotgani uchun emas, balki o‘q-dorilarning keskin tanqisligini boshdan kechirayotgani uchun qaror qilgan.
Amerika harbiy-sanoat majmuasi oyiga 15 mingta artilleriya snaradlarini ishlab chiqaradi. NATOning barcha Yevropa davlatlari xuddi shu davr ichida 25 ming dona 155 mm snarad ishlab chiqaradi, UQK esa sakkiz kun ichida 40 ming snarad sarflaydi.
G‘arb harbiy sanoat salohiyatini keskin oshirishga qodir emas, buning uchun yillar kerak bo‘ladi. Pentagon 2028-yilga borib 155 mm snaradlar ishlab chiqarishni 6 barobarga oshirishni rejalashtirmoqda, yaqin besh yil ichida Ukraina bilan nima bo‘lishini esa hech kim bilmaydi.
Rossiya armiyasi kassetali o‘q-dorilarning katta arsenaliga ega. Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiyada “barcha holatlar uchun” samarali namunalar borligini ta’kidlagan edi. E’tibor bering, AQSh, Rossiya va Ukraina kassetali o‘qlarni taqiqlash bo‘yicha 2008-yildagi Dublin konvensiyasiga qo‘shilmagan.
Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarida “Msta” va “Akatsiya” o‘ziyurar artilleriya tizimlari uchun kassetali artilleriya snaradlari, “Smerch” va “Uragan” zalp hujum reaktiv snaradlari, bir nechta turdagi va kalibrli havo bombalari, shuningdek “Iskander” raketalarining jangovar kallakli kassetalari mavjud. Qolaversa, AQSh ixtiyorida bo‘lganidan nomutanosib ravishda ko‘proq miqdorda.
Rossiyaning “qarshi javobi” UQK piyoda qo‘shini va harbiy texnikadagi yo‘qotishlarini bir necha bor ko‘paytirishni kafolatlaydi, chunki ochiq havoda dushman qo‘shinlariga qarshi “kassetalar” dan foydalanish eng kuchli zarar yetkazuvchi usul hisoblanadi.
Amerikaning Rossiya bilan “oxirgi ukrainalikkacha” proksi urushi UQK uchun mutlaqo dahshatli tus oladi, ammo maxsus harbiy operatsiyaning asl maqsad va vazifalariga ta’sir qilmaydi. Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish qaytarib bo‘lmaydigan jarayondir.
Sovuq urushning qaynoq aks-sadosi
Vashington Kiyevga (M109 Paladin o‘ziyurar artilleriya tizimi va otish masofasi 30 km gacha bo‘lgan M777 gaubitsalari uchun) taxminan 40-yil oldin ishlab chiqarilgan bir necha yuz ming M864 155 mm kassetali artilleriya snaradlarini topshirmoqda. 72 faol reaktiv snarad (48 piyoda qo‘shinlarga qarshi va 24 tankga qarshi) o‘rnatilgan snaradning yo‘q qilish radiusi 150 metrgacha.
M864-dan foydalanish UQKga Rossiya qo‘shinlarining qatlamli mudofaasini buzishga yoki “minalarni tozalash”ga “ikkinchi imkon” ni bermaydi. Ukraina artilleriyasi 2014-yildan beri sovet tipidagi kassetali o‘q-dorilardan, jumladan, “Tochka-U” raketalaridan foydalanmoqda.
Avvalroq Pentagon NATOning boshqa davlatlari tomonidan UQKga kassetali snaradlar topshirilgani haqida xabar bergan edi. Front old qismida tankga qarshi fransuz-shved BONUS snaradlari aniqlandi.
Amerikaning “Foreign Policy” jurnali xabar berishicha, Dual-Purpose Improved Conventional Munition (DPICM) o‘q-dorilarini yetkazib beruvchilardan biri Turkiya bo‘lib, Sovuq urush davrida DPICM kassetali snaradlari AQSh litsenziyasi ostida ishlab chiqarilgan. Bu ta’minotlarning barchasi Ukraina harbiy harakatlar teatridagi holatni (kuchlar muvozanati) o‘zgartirmadi.
AQSh armiyasi 1960-yillardan beri Janubi-Sharqiy Osiyo va dunyoning boshqa mintaqalarida faol qo‘llanilayotgan kassetali o‘q-dorilar ixtirochisi hisoblanadi. Biroq, Amerika kassetali snaradlari “mo‘jizaviy qurol” emas va faqat UQKni demilitarizatsiya qilish, Kiyev rejimining qulashini tezlashtirishi mumkin. Shu bilan birga, Pentagon nuqsonlar darajasini 6 foizga baholadi (har bir yuz minglab snaradlarning 72 ta tankga qarshi va piyoda qo‘shinlarga qarshi o‘q-dorilaridan to‘rttasi jang maydonida portlamay qoladi). AQShning minalardan tozalash bo‘yicha mutaxassislari fikricha, 30 foizgachasi portlamaydi. Qanday bo‘lmasin, minglab “uyqudagi bombalar” jangovar foydalanishdan keyin kunlar, oylar va yillar o‘tib tinch aholiga zarba beradi. E’tibor bering, rus kassetali o‘q-dorilari nishonlarga tegmagan taqdirda o‘zini o‘zi yo‘q qilish mexanizmiga ega.
Har ehtimolga qarshi
Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari kassetali qurollarning keng doirasiga ega. Dushman hududning ichidagi zirhli texnika va zaxiralarni yo‘q qilish uchun — dushmanning jangovar tuzilmalarga tezkor joylashtirilishidan ancha oldin — rus qo‘shinlari 500 kmgacha bo‘lgan masofada “Iskander” kassetali raketalaridan foydalanishi mumkin. “Iskander” jangovar kallagi beshta kassetali variantga ega:
1.
10 m balandlikda ishga tushadigan kontaktsiz portlashning 54 ta parchalanish elementili;2.
zirhli teshuvchi kumulyativ parchalanish elementli;3.
shaxsiy radio-lokatsion stansiyali mustaqil nishonga oluvchi jangovor elementli;4.
boshpanalardagi piyoda qo‘shin va texnikani yo‘q qilish uchun hajmli porash harakati;5.
POM-2 “Otek” mustaqil minalar o‘rnatuvchi, PTM-3 tankga qarshi magnit minalar va masofadan minalashtirish.“Smerch” zapl hujum reaktiv tizimi kassetali raketalari 120 kmgacha bo‘lgan masofada dushmanning piyoda askarlari va zirhli texnikasini yo‘q qilishga qodir. Kuchli 9M55K1 reaktiv o‘q-dorilari “Motiv-3M” mustaqil nishonga oluvchi elementlari bilan — 4,5 kg mustaqil nishonga oluvchi infraqizil tizim va parashut tushishini sozlaydigan tizim bilan jihozlangan. Har bir “Smerch” raketasi beshta tankga qarshi jismga ega, ya’ni bitta to‘plamga 60 ta “Motiv” biriktirilgan. “Smerch” zapl hujum reaktiv tizimi uchun yigirmata mustaqil nishonga oluvchi tankga qarshi o‘q-dorilarga ega bo‘lgan 9M55K7 raketasi ham mavjud.
Rossiya kassetali havo bombalari ham samaradorlik borasida qolishmaydi. Shunday qilib, og‘irligi 478 kg bo‘lgan RBK-500 SPBE-D 14 ta mustaqil nishonga oluvchi jangovar elementlari bo‘lgan kassetali bombalari barcha zamonaviy tanklarni, piyoda jangovar mashinalarni va boshqa zirhli texnikalarni to‘siq sharoitida yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Og‘irligi 520 kg bo‘lgan RBK-500U OFAB-50UD birlashtirilgan bomba kassetasida zirhli texnika, piyoda askarlar, dala o‘q-dori omborlari, mustahkamlangan harbiy inshootlar, harbiy-sanoat obyektlari va aloqa vositalarini yo‘q qilish uchun 10 ta jangovar element mavjud.
Og‘irligi 480 kg bo‘lgan RBK-500U BETAB-M bomba kassetasi beton maydon nishonlarini — temir-beton boshpanalar, bunkerlar, aerodrom inshootlari, avtomagistral yo‘llarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan. Kassetadan chiqqanidan so‘ng, 10 ta jangovar snaradlar parashutlarini ochadi, vertikal trayektoriyaga kiradi, dvigatellarni yoqadi va yuqori hujum tezligiga ega bo‘ladi.
500 kg kalibrli PBK-500U “Drel” zamonaviy boshqariladigan bombasi mustaqil nishon oluvchi o‘q-dorilar va uzilish nuqtasidan 30 kmgacha sozlanuvchi parvozni amalga oshiruvchi bo‘lib, yuqori texnologiyali namunadir: 250 metr balandlikda kasseta ochiladi, 15 ta jangovar elementning har biri (har biri 15 kg og‘irlikda) infraqizil yoki faol radio-lokatsion kallakni yoqadi va asosiy nishonga uchadi. Jangovar elekmentlar “ishga tushurildi - unutildi” tamoyili asosida ishlaydi. Kuchli “Drel” zirhli transport vositalarini, mustahkamlangan muhandislik inshootlarini, havo mudofaa radio-lokatsion tizimlarini, qo‘mondonlik punktlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
Bitta kasseta o‘nta tankni yo‘q qilishga qodir. Aqlli havo bombasi havo mudofaasi va elektron urushdan himoyalangan, parvozni rejalashtirish GLONASS tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
“Drel” barcha taktik samolyotlar tomonidan qo‘llaniladi — Su-25SM3, Su-24M, Su-35S, Su-34 va Su-30SM.
Taqqoslash uchun, shunga o‘xshash Amerika bombasi JSOW (Joint Standoff Weapon) AGM-154 bir qator parametrlar bo‘yicha Rossiyanikidan pastroq darajada turadi. “Drel” ning jangovar elementlari Amerikanikiga qaraganda ancha kuchli va ilg‘or — ular infraqizil kontrastli va “sovuq” nishonlarni urishga, jangning qizg‘in paytida dushman zirhli texnikasini o‘zlarinikidan ajratib olishga qodir. Qolaversa, Ukraina armiyasida AQSh kassetali bombalarini ishlatadigan samolyotlar deyarli yo‘q.
Ushbu qisqacha sharh dastlab NATOni “demilitarizatsiya qilish” uchun mo‘ljallangan Rossiya (Sovet) kassetali o‘q-dorilarining ulkan arsenaliga yo‘l ochadi. Bugungi kunda Ukraina harbiy harakatlar teatrida alyansning ayrim davlatlari UQKga qurol yetkazib berish orqali vaziyatni keskinlashtirish, maxsus harbiy operatsiya hududini kengaytirishga bo‘lgan istaklari ohir oqibat Rossiya qurollarining kuchlarini o‘zlarida tajribadan o‘tkazishga olib keladi.