Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina QKning 2 ta droni hujumi oqibatida Qrim ko‘prigi shikastlandi

Qrim ko‘prigi tunda Ukrainaning ikki pilotsiz uchar apparat hujum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Kecha tunda Qrim ko‘prigiga Ukrainaning ikkita pilotsiz uchar apparat hujum qildi, deb xabar qildi Milliy aksilterror qo‘mitasi.
"Soat 03.05da Ukrainaning ikkita pilotsiz uchar apparat Qrim ko‘prigiga hujum qildi. Terrorchilik harakati natijasida Qrim ko‘prigining yo‘l qismi shikastlangan. Ikki kishi halok bo‘ldi, bir bola yaralandi", — deyilgan axborotda.
“Terrorchilik harakati” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, huquq-tartibot idoralari tomonidan barcha zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dushanba kuni ertalab Qrim rahbari Sergey Aksonov Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tgan ko‘prikda favqulodda holat yuz bergani haqida ma’lum qildi. Avtotransport harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Hodisa oqibatida Belgorod viloyatida yashovchi er-xotin halok bo‘ldi. Ularning voyaga etmagan qizi jarohat olgan, u Temruk shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Aksonov Qrim ko‘prigi orqali o‘tmaslikka, yangi hududlar orqali muqobil yo‘l tanlashga chaqirdi.