Tramp agar qayta saylansa, Ukrainadagi mojaroni qanday to‘xtatishini aytdi

AQShning sobiq prezidenti Ukrainadashi mojaroni qanday qilib bir kunda hal qilishi aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, agar u davlat rahbari etib qayta saylangan taqdirda, Ukrainadagi mojaroga qanday barham berishi haqida gapirayotib, Vladimir Zelenskiyga “yetar” deb aytish niyati borligini ma’lum qildi.
“Men Zelenskiyga shunday deb aytgan bo‘lar edim: “Yetar, bitim tuzishing shart”, — dedi u "Fox News" telekanaliga bergan intervyusida.
Tramp Zelenskiy bilan ham, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham “juda yaxshi munosabatlari” bo‘lganligini va bir kun ichida mojaroga barham berishi mumkinligini ta’kidladi.
AQShning sobiq prezidenti, agar Moskva maxsus harbiy operatsiyani yakunlashga tayyor bo‘lmasa, AQSh Ukrainaga bundan ham ko‘proq yordam berishga tayyorligi haqida Putinni ogohlantirigan bo‘lishini ham qo‘shimcha qildi.
Moskva muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor bildirgan, biroq Kiyev ularga qonunchilik darajasida taqiq qo‘ygan. Vladimir Zelenskiy avvalroq G20 yig‘ilishida “hech qanday Minsk-3 bo‘lmaydi” degan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga ma’lum qildiki, bu kabi so‘zlar Kiyevning muzokaralar olib borishni istamasligi haqidagi pozitsiyasini “mutlaqo tasdiqlaydi”. G‘arb doimiy ravishda Rossiyani muzokaralar o‘tkazishiga da’vat etadi, Moskva bunga tayyorligini ko‘rsatadi, biroq G‘arb Kiyevning muzokaralardan bosh tortayotganiga e’tibor bermaydi.