Dollar va rubl ko‘tarildi

So‘m dollar, yevro va rublga nisbatan arzonlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,50 so‘mga oshib, 11 589,16 so‘mni tashkil qildi. Yevro 33,11 so‘mga oshib, 13 032,01 so‘m bo‘ldi.
Rubl ham ko‘tarildi. Rubl 0,19 so‘mga qimmatlashib, 128,39 so‘mni tashkil qildi.