Buxoroda ekologiya inspektoriga o‘q uzgan brakonyerlar aniqlandi

Qorovulbozor tumanida noqonuniy ov qilayotgan brakonyer ekologiya inspektori Mirali Hojiyevga o‘q uzib, uning qo‘lidan yarador qilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida reyd o‘tkazayotgan tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘iga o‘q uzib, uni yarador qilgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
“Tekshirish davomida ov qilish maqsadida kelgan va ushbu qilmishni sodir etgan shaxslar aniqlandi”, - deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ulardan 2 dona ov quroli xolislar ishtirokida olib qo‘yildi.
Qorovulbozor tumani ekologiya boshlig‘i olgan tan jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida brakonyer tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i, inspektor Mirali Hojiyevni xizmat vaqtida yarador xabar qilingan edi.