TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Amerikaning WorldView-2 tijorat kompaniyasining veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur kompaniyaning Maxar sun’iy yo‘ldoshi Qrim ko‘prigini o‘tgan oyda, jumladan o‘tgan haftada ikki marta suratga olgan.
Portalda hudud xaritasi nashr qilingan, suratlarning o‘zi 20-iyun va 12-iyul kunlariga tegishli.
AQSh va Ukraina UQK ehtiyojlari uchun Amerika sun’iy yo‘ldoshlaridan ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha hamkorlik qilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Vashington ham bu xizmatlarni Kiyev rejimiga ko‘rsatilayotgan so‘nggi harbiy yordam to‘plamiga kiritgan.
Qrim ko‘prigida favqulodda holat
Dushanba kuni ertalab Qrim rahbari Sergey Aksenov Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tgan ko‘prikda favqulodda holat e’lon qildi. Yo‘l qismi buzilganligi sababli transport harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Hodisa oqibatida Belgorod viloyatida yashovchi er-xotin halok bo‘ldi. Ularning voyaga etmagan qizi yaralangan. Qizning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.
Milliy antiterror qo‘mitasi sodir bo‘lgan voqeada ikki yer usti dronlari yordamida hujumni amalga oshirgan ukrainalik jangchilarni aybladmoqda. Tergov qo‘mitasi tomonidan “terrorchilik harakati” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Rossiya TIVda ta’kidlanganidek, agar tergov jarayonida ko‘prikka hujum qilgan dronlar xorijdan ekanligi kelib chiqsa, shuningdek, ushbu operatsiyani homiylik qilish va amalga oshirishda G‘arb davlatlarining ishtiroki isbotlansa, bu ularning Kiyev rejimining terrorchilik faoliyatiga sherikligini tasdiqlaydi.
O‘z navbatida, Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin Qrim ko‘prigiga hujum don xavfsizligi yo‘lagi himoyasi ostida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.