"Uzbekistan Airways" mahalliy parvozlar uchun yangi samolyot sotib oldi — video

Yang samolyotning ilk parvozi kelasi hafta amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. "Uzbekistan Airways" LET L-410 samolyotlarini xarid qildi, deya xabar berdi milliy aviakompaniya.
Aytilishicha, ushbu havo kemasi parvozlarni qisqa uchish va qo‘nish yo‘laklarida amalga oshiradi hamda respublika ichidagi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishga yordam beradi.

"Uning ilk parvozi kelasi hafta amalga oshiriladi", - deyiladi xabarda.

Yangi samolyotlar o‘ta qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklaridan ucha oladi, bu esa respublika bo‘ylab yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytiradi hamda Zarafshon, Shahrisabz va Andijon kabi shaharlarga reyslarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.