Rossiya telekanali O‘zbekiston turizmiga bag‘ishlagan ko‘rsatuv suratga oldi

Mazkur loyihaga teleboshlovchi sifatida mashhur shoumen va musiqachi Timur Rodriges taklif etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiyaning NTV telekanali o‘zining “Poputchik” (“Hamroh”) ko‘rsatuvining ilk sonini O‘zbekistonda suratga oldi. Unda O‘zbekiston turizmi haqida so‘z boradi, deb xabar bermoqda Madaniyat va turizm vazirligi.
Ta’kidlanishicha, NTV telekanali ijodiy guruhining O‘zbekistonga safari joriy 12-15 iyul kunlari tashkil etilgan. Tashrif davomida ular mamlakatning Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari, boy tarixi, taomlari, madaniy merosi va turizm imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishgan.
Mazkur loyihaga teleboshlovchi sifatida mashhur shoumen va musiqachi Timur Rodriges taklif etilgan.
NTV telekanali o‘zining “Poputchik” (“Hamroh”) ko‘rsatuvining ilk sonini O‘zbekistonda suratga oldi.
Ma’lumot uchun, 43 daqiqalik ko‘rsatuvning ilk soni taqdimoti joriy yilning kuzida efirga uzatilishi rejalashtirilgan.