Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Putin maxsus harbiy operatsiyaning borishini ijobiy baholadi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari o‘zlarini qahramonlarcha tutishmoqda
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning borishini ijobiy baholaydi.
“Ijobiy”, - deya javob berdi Putin “Rossiya 1” telekanali jurnalistining davlat rahbari maxsus harbiy operatsiyaning borishini qanday baholaydi degan savoliga.
“Qo‘shinlarimiz o‘zlarini qahramonlarcha tutishmoqda. Dushman uchun kutilmagan tarzda o‘zlari hujumga o‘tishmoqda, muhim pozitsiyalarni egallab olishmoqda”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiylarining qarshi hujum vaqtida Rossiya armiyasi mudofaasini yorib o‘tishga bo‘lgan barcha urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.