O‘zbekistonlik yengil atletikachi uch karra Osiyo chempioni bo‘ldi —foto

Tailandda o‘tayongan chempionatda Yekaterina Voronina oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik Yekaterina Voronina yengil atletika bo‘yicha uch karra Osiyo chempioni bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi ma’lum qildi.
Tailandda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Ayollar o‘rtasida ko‘pkurash yo‘nalishida ishtirok etgan Yekaterina Voronina oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yekaterina Voronina yengil atletika bo‘yicha uch karra Osiyo chempioni bo‘ldi
U 100 metrga to‘siqlar osha yugurish dasturida 14.62 soniya (892 ochko), balandlikka sakrashda 1.77 metr (941), yadro uloqtirishda 13.19 metr (740), 200 metrga yugurishda 25.13 soniya (875), uzunlikka sakrashda 6.07 metr (871), nayza uloqtirishda 51.87 metr (896) va 800 metrga yugurishda 2:15:68 daqiqa (883) qayd etib, jami 6098 ochko jamg‘arishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha o‘zbekistonlik sportchilar Farida Soliyeva va Svetlana Radzivil Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishgan edi.