Qaysi hududda yomg‘ir yog‘adi — O‘zbekistonda 16-iyul uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha faqat bitta hududda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Bugun Qoraqalpog‘iston respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +21-23 daraja iliq, kunduzi +36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘lib, faqat kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘istonning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +20-25 daraja iliq, kunduzi +35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +23-28 daraja iliq, kunduzi +35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +20-25 daraja iliq, kunduzi +34-39 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +23-28 daraja iliq, kunduzi +37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +18-23 daraja iliq, kunduzi +33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘lib, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi +12-17, kunduzi +23-28 daraja iliq bo‘ladi.