TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Nodirbek Abdusattorov xalqaro shaxmat turnirida uchinchi o‘rinni egalladi.
Onlayn formatda o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha "The Aimchess Rapid-2023" turniri yakuniga yetdi.
Hal qiluvchi Grand final uchrashuvida amerikalik Uesli Soni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan shaxmat afsonasi Magnus Karlsen "The Aimchess Rapid-2023" chempioniga aylandi. Norvegiyalik sobiq jahon chempioni 30 ming dollar miqdoridagi mukofot pulini ham qo‘lga kiritdi.
Yarim finalda aynan bo‘lajak chempionga yutqazgan Nodirbek Abdusattorov kuchli uchlikdan joy oldi. U o‘tish bahsida Uesli Soga 0,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.