TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) shafeligida rus tilini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzilmoqda, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi.
MDH shtab-kvartirasida mazkur tashkilot faoliyatini ta’sis etuvchi va tartibga soluvchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
“Mutaxassislar qator davlatlardan kelib tushgan hujjatlar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar va bo‘lib o‘tgan muhokamani inobatga olgan holda Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi va uning Nizomi bo‘yicha umumiy kelishib oldilar”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, qolgan masalalar yaqin kunlarda ekspert guruhining qo‘shimcha yig‘ilishida kelishib olinadi.
Eslatib o‘tamiz, MDH shafeligida Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni yaratish tashabbusi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayevga tegishli. O‘tgan yilning oktabr oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida MDH davlatlari rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Shu bilan birga, tashkilot Konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiyaga muvofiq, MDH Ijroiya qo‘mitasiga Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar hukumatlari bilan birgalikda tuzilayotgan xalqaro tashkilotni ta’sis etuvchi va faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish topshirildi.
Rossotrudnichestvo uslubiy faoliyati doirasida 60 dan ortiq mamlakatlardan 300 dan ortiq o‘qituvchilar ushbu va boshqa masalalar bilan shug‘ullanishdi. Tinglovchilarning aksariyati O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Gruziyadan bo‘lgan. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan o‘qituvchilar soni bo‘yicha yetakchi 10 ta davlatdan Tojikiston, Qozog‘iston, Armaniston, Turkiya, Gretsiya, Belarus va Ispaniya joy oldi.
Butun dunyo rus tili o‘qituvchilari tomonidan bunday uslubiy tadbirlarga katta qiziqish bildirilganligi sababli, 2023-yilda "Xalqaro mehnatni muhofaza qilish instituti" Rossotrudnichestvo bilan birgalikda bunday uslubiy tadbirlarning yana ikkitasini o‘tkazadi. Birinchisi 9-16 sentabr kunlari, ikkinchisi 21-28 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ularda ishtirok etish uchun ariza shaklni to‘ldirib, elektron shaklda yuborish mumkin.