Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi lavozimidan ozod etildi

Qayd etilishicha, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov elchini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida faromon qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi Yazguli Mammedov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etildi, deb yozmoqda “Dunyo” AA.
Qayd etilishicha, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov elchini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida farmon qabul qilgan.
“Mammedov Yazguli Ovezgilijovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi (Toshkent shahri) Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etilsin”, deyilgan hujjatda.
Ma’lumot uchun, Yazguli Mammedov 2018-yil iyul oyida O‘zbekistondagi elchi etib tayinlangan edi. Bungacha u Turkmanistonning Malayziya, Bruney-Dorussalom Davlati, Indoneziya va Tailanddagi elchisi lavozimlarida ishlagan. Yazguli Mammedov 2012-2018 yillarda Turkmanistonning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasini boshqargan Shiri Shiriyevni almashtirgan.