Tailandda ringga ko‘tarilgan o‘zbek bokschilari g‘alaba qozonishdi

O‘zbekistondan ishtirok etgan Hasanboy Do‘smatov, Mujibillo Tursunov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev o‘z raqiblarini mag‘lub etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Tailandda bo‘lib o‘tgan "Chempionlar oqshomi"da ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschilar g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Tailandning Puket shahrida professional boks bo‘yicha "Chempionlar oqshomi" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekistondan ishtirok etgan Hasanboy Do‘smatov, Mujibillo Tursunov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev o‘z raqiblarini mag‘lub etishdi.
Unga ko‘ra, Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Martin Molina Salvador, Mujibillo Tursunov qozog‘istonlik Muhammedsabir Bazarbay Uulu, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauo ustidan g‘alaba qozondi.