Rossiya AQSh uchun qanchalik xavfli? — jurnalist bu savolga javob topa olmadi

AQSh prezidentligiga nomzod Skott jurnalistga Rossiyaning mamlakat uchun qanchalik xavfli ekanligini tushuntirib bera olmadi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Amerikalik jurnalist Taker Karlson BlazeTV telekanalining jonli efirida “nima uchun Rossiya Qo‘shma Shtatlar uchun asosiy tahdid sanaladi”, degan savoliga javob ololmadi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Jurnalist bunday savol bilan AQSh prezidentligiga nomzod Tim Skottga yuzlangan.
“Rossiya yomon, Rossiya xavfli, men tushunaman, lekin ruslar tomonidan o‘ldirilgan amerikaliklar soni nolga teng. Masalan, men Rossiya qo‘lidan o‘lgan hech kimni bilmayman. Shu bilan birga, men Meksika tomonidan o‘ldirilgan odamlarni shaxsan bilaman”, dedi jurnalist.
Uning ta’kidlashicha, minglab amerikaliklar qo‘shni davlatdan keltirilgan fentanil preparatidan nobud bo‘lmoqda. Karlson, shuningdek, ushbu preparatni ishlab chiqarish va yetkazib berish Meksika iqtisodiyotining katta qismi ekanligini aytdi.

"U holda nega Meksika bizning ittifoqchimiz, Rossiya esa bizning dushmanimiz?", degan savol bilan yuzlandi jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublikachilardan prezidentlikka nomzod Tim Skott Meksika bilan chegarada devor qurilishini qo‘llab-quvvatlagan.