TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Bugun o‘zbekistonlik uch nafar bokschi Tailandda ringga ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.
Bugun, Tailandning Puket shahrida boks oqshomi o‘tkaziladi.
IBA tomonidan tashkil etilayotgan mazkur "Chempionlar oqshomi"da Hasanboy Do‘smatov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Mujibillo Tursunovlar jang qiladi.
Turnir doirasida 8 ta jang o‘tkaziladi. Shularning uchtasi o‘zbekistonliklar ishtirokida tashkil etiladi.
O‘zbek bokschilari ishtirokidagi janglar:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Martin Molina Salvador (Ispaniya)
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov (O‘zbekiston) - Muhammedsabir Bazarbay Uulu (Qozog‘iston)
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (O‘zbekiston) - Dulat Bekbauov (Qozog‘iston).
Jangni O‘zbekiston vaqti bilan soat taxminan 19:00dan keyin IBAning rasmiy sayti orqali ko‘rish mumkin bo‘ladi.