Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Zufar Narzullayev "O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Zufar Narzullayev 1996-yildan O‘zbekiston temir yo‘l sohasidagi tarkibiy bo‘linmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2009-2016 yillarda temir yo‘l tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbarlik qilgan va elektrlashtirilgan “Angren – Pop” temir yo‘li qurilishida faollik ko‘rsatgan.
2016-2017 yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2017-yildan buyon “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, u 2014-yilda "Fidokorona mehnatlari uchun" ("Vatan oldidagi xizmatlari uchun") ordeni bilan mukofotlangan.