O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Ushbu saylov jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi — prezident

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya davomida so‘zlagan nutqida xalqaro kuzatuvchilarning saylovdagi ishtirokiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Saylovda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkilotidan ham kuzatuvchilar ishtirok etdi. Bularning barchasi ushbu saylov jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otganini ko‘rsatadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya davomida ma’lum qildi.
Davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya davomida so‘zlagan nutqida xalqaro kuzatuvchilarning saylovdagi ishtirokiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Saylovda 15 ta xalqaro tashkilotdan 466 nafar, 47 ta xorijiy davlatdan 331 nafar vakil xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashdi.

"Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkilotidan ham kuzatuvchilar ishtirok etdi. Bularning barchasi ushbu saylov jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otganini ko‘rsatadi. Mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar saylov milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillar asosida, erkin va demokratik, sog‘lom raqobat va siyosiy kurash muhitida, ochiqlik va shaffoflik ruhida o‘tganini e’tirof etdilar", dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda saylovchilarning 87,05 foiz ovozini olgan Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozondi. Prezident saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi qatnashdi.