TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi juma kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda jinsni o‘zgartirishni taqiqlovchi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qildi.
Ushbu tashabbusni may oyida Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin boshchiligidagi barcha beshta fraksiya deputatlari kiritgan edi. Davlat dumasi vitse-spikeri Potr Tolstoy avvalroq “deyarli 400 parlamentariy” tashabbus muallifi bo‘lganini ta’kidladi.
Yangi qonunga ko‘ra, agar turmush o‘rtoqlardan biri jinsini o‘zgartirgan bo‘lsa, nikohni bekor qilishni taklif qiladi. Oila kodeksining 16-moddasiga o‘zgartirishlar kiritildi, unda nikohni bekor qilish shartlari bayon qilingan.
Shuningdek, agar jinsi o‘zgarganligi to‘g‘risida guvohnoma mavjud bo‘lsa, u holda shaxsga bolalarni asrab olish taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, jinsini o‘zgartirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirgan kundan oldin jinsini o‘zgartirgan shaxslarga uning normalari tatbiq etilmaydi.
Jinsni o‘zgartirishga faqat tibbiy komissiya qarori bilan tug‘ma anomaliya bo‘lgan bolalar va genetik va endokrin kasalliklarni davolash bilan bog‘liq tibbiy aralashuvlar kirmaydi. Qarorlarni chiqarish tartibi va tibbiy tashkilotlarning ro‘yxati Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan tasdiqlanadi.
"Ushbu qaror fuqarolarimizni, bolalarimizni himoya qiladi. O‘ylab ko‘ring: so‘nggi 10-yil ichida AQShda jinsini o‘zgartirish operatsiyalari soni 50 barobarga oshgan. Transgenderlar soni 1640 000 kishini tashkil qilmoqda (2022 yil). Ular orasida 340 000 o‘smirlar. Bu dahshatli tendensiya!" - deb yozgan Volodin o‘zining telegram-kanalida.
Jinsini o‘zgartirish — bu millatni tanazzulga olib boruvchi yo‘l, deydi Duma deputati Tamara Frolova.
Uning fikriga ko‘ra ushbu qonun an’anaviy oilaviy qadriyatlar va nikoh instituti bilan birga mamlakat suverenitetini mustahkamlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
“Mamlakat kelajagi uzoq vaqtdan beri umumiy tanazzulga aylanib ketgan Yevropa demokratiya o‘yinlariga emas, balki sog‘lom oilalar, bolalarning sog‘lom tarbiyasi asosida qurilishi kerak”, - dedi Frolova.
Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin uch yil avval Rossiya Federatsiyasi fuqarolari referendumda “erkak va ayolning ittifoqi sifatida nikoh institutini” himoya qiluvchi Konstitutsiya uchun ovoz berganini eslatdi. Shuningdek, u bir yil avval noan’anaviy jinsiy aloqalar, LGBT va pedofiliyani targ‘ib qilishni taqiqlovchi qonunlar qabul qilinganini ta’kidlab o‘tdi.