Prezident maktablarida bitta o‘ringa nechta nomzod to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi

Hududlar kesimida bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Andijon va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Respublika miqyosida Prezident maktablariga qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha bitta o‘ringa o‘rtacha 169 ta nomzod to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.
Hududlar kesimida bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Andijon va Farg‘ona viloyatida, bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Sirdaryo va Navoiy viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eng yuqori ko‘rsatkich:
Andijon viloyatida 267 ta;
Farg‘ona viloyatida 229 ta.
Eng past ko‘rsatkich:
Sirdaryo viloyati - 80 ta;
Navoiy viloyati - 74 taga.
Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari 15-iyul kuni 3 smenada: 1-smena soat 08.00da, 2-smena 12.00da hamda 3-smena 17.00da bo‘lib o‘tadi.
Bunda, talabgorlar 1 soat vaqt davomida matematika fanidan 30 ta test topshiriqlarini bajarishi lozim.
Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlar talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma tarzida yuborildi.
Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan imtihon bo‘lib o‘tadigan joyga kelishlari kerak.
Prezident maktablari yangi o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi