TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Shu kunlarda Moskvada bo‘lib o‘tayotgan choy ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan Xitoy choy kompaniyalari vakili RIA Novostiga nima sababdan paketli choy ichmasliklarini tushuntirib berishdi.
"Fujian Ningde Qianyi Tea Co." kompaniyasi mutaxassis Fu Ibin aytishiga ko‘ra, xitoylik iste’molchilar choy tayyorlash marosimiga juda jiddiy yondashadi.
“Choy barglari yangi mavsumdan bo‘lishi kerak, biz ularning ochilishini ko‘rishimiz, hidini sezishimiz kerak”, - dedi u va shundan keyingina choy tayyorlash boshlanadi.
"Men paketli choyni tushunmayman. U qaysi yilda o‘sgan, bargi qanaqa, qanday ochilganini bilmayman va uning xushbo‘y hidini his qilmayman", - deydi mutaxassis.
“Xitoyda har bir choyning o‘z joyi bor, o‘ziga xos maqsadi bor va har bir choy bargining sog‘liq uchun foydasi bor”, - deya qo‘shimcha qildi va paketli choyning foydali xususiyatlari borligiga shubha bildirdi.
Moskvadagi xitoylik choy sotuvchisi Raisa Chjan ham choy paketlariga salbiy baho berdi. “Ularning ichiga nima solingani aniq emas”, dedi u suhbat davomida.
Ma’lumot uchun, "Moskva choy ko‘rgazmasi" 2023-yil 13-15 iyul kunlari VDNXda bo‘lib o‘tmoqda. U yerda siz turli xil choy turlari va navlari bilan tanishishingiz, choy to‘plamlari, choy mahsulotlari va Xitoyning turli burchaklaridan choy madaniyati mahsulotlarini ko‘rishingiz mumkin. Tadbir doirasida choy marosimi san’ati chiqishlari, choy tatib ko‘rish, choy forumlari ham o‘tkazilmoqda.