TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. "O‘zsuvta’minot" AJga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 13-iyuldagi 98/09-3-qr-sonli qaroriga asosan Azimov Dilshod Sur’atovich "O‘zsuvta’minot" AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 12 nafar tuman va shahar hokimlarini ishdan olgan edi. Shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun qator tashkilotlar, jumladan "O‘zsuvta’minot" AJ rahbari Saxib Saifnazarov ham lavozimdan ozod etilgan.