“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga yangi rahbar tayinlandi

Zufar Narzullayev “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruviga Zufar Narzullayev rais vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Zufar Narzullayev "O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shuningdek, tegishli qaror bilan Hikmatilla Rahmetov "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisining Birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Zufar Narzullayev 1996-yildan O‘zbekiston temir yo‘l sohasidagi tarkibiy bo‘linmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2009-2016 yillarda temir yo‘l tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbarlik qilgan va elektrlashtirilgan “Angren – Pop” temir yo‘li qurilishida faollik ko‘rsatgan.
2016-2017 yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2017-yildan buyon “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
2014 yilda "Fidokorona mehnatlari uchun" ("Vatan oldidagi xizmatlari uchun") ordeni bilan mukofotlangan.