TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Yil boshidan buyon o‘zbekistonlik sportchilarning besh nafarida taqiqlangan moddalar aniqlandi, dedi Milliy antidoping agentligi vakili AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda.
"2023 yil 6 oyida jami 244 ta doping sinama olindi. Qon orqali olingan sinamalar Turkiya maxsus laboratoriyaga tahlil uchun yuborildi. Yil boshidan shu vaqtga qadar 5 ta sportchida taqiqlangan modda borligi aniqlangan", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Milliy antidoping agentligi faoliyati prezidentning 2023-yil 8-may kuni imzolangan 149-sonli qaroriga asosan takomillashtirilgan edi. Ayni damda agentlikning yangi strukturasi va shtat jadvali, xodimlar lavozim yo‘riqnomalari, vazifa va funsiyalari tasdiqlangan. Shu bilan birga yangi strukturaga 2 ta (terapevtik istisnolar; doping sinovlarini rejalashtirish va testlash) bo‘limlari va xalqaro hamkorlik va reytinglar bosh mutaxassis lavozimi kiritilgan.
O‘tgan davr mobaynida 7 nafar agentlik mutaxassislari Koreyada malaka oshiradi. 12 nafar doping ofitser va shaperonlarni tayyorlash kursida o‘qitilib, sertifikat berildi. Butunjahon antidoping agentligining xalqaro doping ofitser tayyorlash kursida 3 nafar agentlik mutaxassislari o‘qitib Xalqaro toifadagi doping ofitserlar tayyorlandi va xalqaro musobaqalarda doping olish huquqi ham berildi.