Abdulla Aripov - biografiya

Abdulla Aripov 2016-yil dekabridan buyon O‘zbekiston bosh vaziri sifatida ishlab kelmoqda.
Sputnik
Abdulla Nig‘matovich Aripov –O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri, davlat arbobi. 1961-yil 24-may kuni Toshkentda tavallud topgan. 1983-yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirgi Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) muhandis-telekommunikatsiya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
1983-1992 yillarda Toshkent telefon-telegraf stansiyasida elektronika muhandisi bo‘lib ishlagan.
Abdulla Aripov
1992-1993 yillarda Aloqa vazirligida bosh mutaxassis bo‘lgan. “O‘zimpeksaloqa” tashqi savdo kompaniyasi direktori o‘rinbosari lavozimida, Aloqa vazirligi qurilish-ta’minot boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 1995-1996-yillarda “TashAfinalAL” qo‘shma korxonasiga rahbarlik qilgan.
1996-1997-yillarda Aloqa vazirligining xususiylashtirish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Aloqa vazirligi tugatilgandan so‘ng, Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi negizida tashkil etilgan Bozor o‘zgarishlari va qimmatli qog‘ozlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
1997-2000 yillarda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi direktori lavozimida ishlagan. 2000-2001 yillarda - O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, keyinchalik agentlik bosh direktori bo‘lgan.
Abdulla Aripov nabirasi bilan ovoz bermoqda
2002 yil Aripov O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – Aloqa va axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari kompleksi rahbari etib tayinlangan. Shu bilan birga, 2005-2009 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga rahbarlik qilgan.
2012 yil bosh vazir o‘rinbosari, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasiga rahbarlik qilgan. 2016-yil Aripov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksi rahbari etib tayinlandi.
2016 yil 14-dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi (parlamenti) yuqori va quyi palatalari deputatlari qo‘shma majlisda Abdulla Aripovni bir ovozdan bosh vazir lavozimiga tasdiqladi.
Abdulla Aripov va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov
2020 yil 18-yanvar kuni O‘zbekiston parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozongan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) siyosiy kengashi Abdulla Aripov nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga taklif qildi. 20-yanvar kuni O‘zbekiston parlamenti har ikki palataning qo‘shma majlisida Abdulla Aripov nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi.
2021 yil Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan bosh vazir Abdulla Aripovni 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi. Shuningdek, Aripov “Mehnat shuhrati”, Qozog‘istonning II darajali “Do‘stlik”, Tojikistonning II darajali "Ismoili Somoniy" ordeni bilan mukofotlangan.
Oilali. Besh nafar qizi bor.