Xivada Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab xalqaro bahodirlar musobaqasi o‘tkaziladi

“Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Xivada Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab xalqaro bahodirlar musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
“Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil Xivada:
martda “Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiri;
may oyida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o‘tkaziladi.
Shuningdek, 2023–2024 yillarda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:
“Taste of Uzbekistan Festival” shiori ostida gastronomik festival;
Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar musobaqasi;
“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlar.
Shuningdek, xalqaro tadbir logotipi hamda Xiva shahri haqida o‘zbek, rus, ingliz, arab va fransuz tillarida qo‘llanma ishlab chiqiladi.
2023 yil oktabrda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning turistik tashkilotlari, OAV vakillari, blogerlarni jalb qilgan holda Xorazm viloyati bo‘ylab infotur tashkil etiladi.