Toshkentda voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi — ishtirok etuvchi davlatlar

Yigitlar va qizlar o‘rtasida tashkil etiladigan ushbu musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Pokiston, Eron terma jamoalari bahs olib boradi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Joriy yilning 14-19 iyul kunlari Toshkentda voleybol bo‘yicha U-16 yosh toifasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Yigitlar va qizlar o‘rtasida tashkil etiladigan ushbu musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Pokiston, Eron terma jamoalari bahs olib boradi.
Turnirda o‘zbekistonlik sportchi qizlar 2 ta tarkibda o‘z omadlarini sinab ko‘radi. Yigitlar o‘rtasidagi bahslarda esa barcha termalar yagona jamoa bilan medallar uchun kurash olib borishadi.
O‘yinlar “Yunusobod sport majmuasi” hamda “JAR” komplekslarida o‘tkaziladi.