TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Bugun Toshkentning Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi vaqtincha to‘sib qo‘yildi, deya xabar berdi tuman hokimligi.
Taras Shevchenko va Said Baraka ko‘chalari chorrahasidan Taras Shevchenko va Fidokor ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismida uzunligi 448 metr, diametri 720 mm bo‘lgan magistral issiqlik quvuri almashtiriladi.
V Tashkente vremenno perekrili chast ulisi Tarasa Shevchenko
© Press-slujba xokimiyata Mirabadskogo rayona
Toshkentning markaziy ko‘chalarida boshlangan ta’mirlash ishlari 15 kun davom etadi.
Xabarda, shuningdek, “Menig yo‘lim” loyihasi doirasida Taras Shevchenko ko‘chasi kapital ta’mirlanishi aytilgan.