“O‘zimning ham cho‘kib ketishimga oz qoldi”: sirdaryolik yigit ona va bolani qutqardi — video

Sirdaryolik 21 yoshli Saidislom Abdulqosimzoda Yangiyer shahridagi kanalga ayol farzandi bilan cho‘kib ketayotganini ko‘rib, ularga yordam berishga shoshildi.
Sputnik
U ikki kishining cho‘kib ketayotganini payqaganida qirg‘oq yaqinida bo‘lgan. Saidislom ularni qutqarish oson bo‘lmaganini tan oldi – o‘zining ham cho‘kib ketishiga oz qolgan. Shu bilan birga, yigit uning xatti-harakati bunday keng omma e’tiboriga tushishini umuman o‘ylamagan.
Shahar hokimiyati Saidislomni faxriy yorliq va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlash bilan birga, u ko‘pdan beri orzu qilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ishga joylashishda ham yordam berdi.
Ushbu voqea tafsilotlari bilan Sputnik videosida tanishing.