Rossiya Ukrainaga F-16 berilishini yadroviy tahdid sifatida qabul qiladi – Lavrov

Rossiya tashqi ishlar vaziri Ukraina armiyasiga F-16 qiruvchi samolyotlari berilishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Ukraina armiyasiga F-16 qiruvchi samolyotlari berilishini Rossiya yadroviy sohadagi tahdid sifatida ko‘radi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Voqealarning g‘oyat xavfli rivojlanishi namunasi – AQShning Kiyev rejimiga F-16 qiruvchilarini berishga oid rejalari”, - dedi Lavrov “Lenta.ru” nashriga bergan intervyusida.

Lavrov Rossiya tomoni yadro quroliga ega mamlakatlar AQSh, Britaniya va Fransiyaga Amerika qiruvchilari yadro kallaklari bilan jizohlangan qurolni tashishga qodirligini e’tiborsiz qoldira olmasligi borasidagi pozitsiyasini bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari jang vaqtida u yoki bu samolyotda qanday uskuna yoki qurol-yarog‘ ortilganini qarab o‘tirmaydi.
“Ukraina Qurolli kuchlarida bunday tizimlarning paydo bo‘lishi faktining o‘zini biz G‘arb tomonidan yadroviy sohadagi tahdid sifatida ko‘ramiz”, - dedi Rossiya TIV rahbari.
11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida alyansga a’zo mamlakatlar F-16 samolyotlarini boshqarish uchun ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashga oid koalitsiya tashkil etilganini ma’lum qilishdi.
Rossiya TIV G‘arb mamlakatlarining Kiyev rejimiga F-16 qiruvchilarini berish rejalarini vaziyatni keskinlashtirishga qaratilgan harakat deb atadi. Kreml o‘z navbatida Rossiya qo‘shinlari F-16 samolyotlarini boshqa G‘arb texnikalari singari yo‘q qilishidan ogohlantirdi.