Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya avgustda hujumga o‘tadi — Xersh

"Shimoliy oqim" gaz quvurini AQSh portlatganini fosh etgan jurnalist Rossiya armiyasi avgust oyida hujum boshlashi mumkinligiga ishonadi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Rossiya armiyasi avgust oyida hujum boshlashi mumkin, dedi amerikalik jurnalist Seymur Xersh AQSh rasmiysiga tayanib. RIA Novosti xabariga asosan.
Kiyev haqiqiy muammoga yozda, ehtimol avgust oyida duch keladi, rus armiyasi qarshi hujumni osonlik bilan yengib va o‘zining keng ko‘lamli hujumini boshlaganida, - deb o‘z xulosasini bildirgan jurnalistga anonim qolishni istagan amaldor.
Jurnalist so‘zlariga ko‘ra, voqealar bundan keyin qanday rivojlanishi noma’lum, chunki Qo‘shma Shtatlar NATOni Moskva harakatlariga javob berishga chaqirib, “o‘zi boshi berk ko‘chaga kirib qolgan”.
Ukrainaning Janubiy Donesk, Artyomovsk va birinchi navbatda Zaporoje yo‘nalishlarida qarshi hujumi 4-iyunda boshlandi. Kiyev G‘arb texnologiyalari bilan qurollangan NATO tomonidan o‘qitilgan brigadalarni, shu jumladan, mashhur Leopard tanklarini hujumga tashladi, lekin bir necha kun davom etgan qarshi hujum hech qanday natijalarga olib kelmadi.
"Buni "Ukraina qarshi hujumi" mavzusi asosiy OAVlarning birinchi polosalaridan yo‘qolib qolganidan ham bilish mumkin", - deb xulosa qiladi jurnalist.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning 11-iyul kuni ta’kidlaganidek, dushman hech qanday yo‘nalishda o‘z maqsadlariga erisha olmadi va uning yo‘qotishlari 26 ming askar, 1244 tank va minglab boshqa texnika, 21 samolyot va oltita vertolotdan oshdi. Yo‘q qilingan texnikalar orasida 17 ta Leopard tanki, beshta fransuz AMX g‘ildirakli tanki va 12 ta amerikalik Bradley BMPlari, 43 ta M777 gaubitsasi va Polsha, AQSh va Fransiyadan keltirilgan 46 ta o‘ziyurar qurol bor.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb razvedkasi Rossiya armiyasining UQK hujumining oldini olish zarbalarining yuqori samaradorligini qayd etgan. Ukraina Qurolli kuchlariga Amerika kassetali o‘q-dorilari yetkazib berilishi — Rossiya armiyasini ham xuddi shunday snaradlardan foydalanishga majbur qiladi – faqat "ancha samaraliroq”.