Rossiya Federatsiyasi prezidentining lavozimga kirishish marosimi katta Kreml saroyida o‘tkaziladi. Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimiga kirishgach, Federatsiya Kengashi a’zolari, Davlat Dumasi deputatlari va Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi sudalari ishtirokida tantanali ravishda qasamod qiladi. Vladimir Putin inauguratsiyasi, 2000-yil.
Rossiyada yangi saylangan davlat rahbarining inauguratsiyasida prezidentlik hokimiyati ramzlari - prezident belgisi va shtandart, shuningdek, konstitutsiyaning nusxasi qo‘llaniladi. Dmitriy Medvedev inauguratsiyasi, 2008-yil.
Kreml qirg‘og‘i tomonidan 30 o‘qdan iborat artilleriya salyuti otiladi. Bu harbiy unvonlar iyerarxiyasidagi eng ko‘p otishmalar soni, chunki davlat rahbari Rossiya qurolli kuchlarining oliy qo‘mondoni hisoblanadi. Vladimir Putin inauguratsiyasi, 2018-yil.
An’anaga ko‘ra, yangi davlat rahbarini tabriklash uchun deyarli barcha sobiq prezidentlar keladi. AQSh prezidenti Donald Tramp, AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va AQSh sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden (chapdan o‘ngga) Vashingtondagi inauguratsiya marosimida. 2017-yil.
AQShdagi tantanali marosim an’anaviy tarzda Vashingtonda 20-yanvar kuni o‘tkaziladi. Shu kuni iste’foga chiqqan prezidentning vakolatlari rasman tugaydi. Jo Bayden inauguratsiyasi, 2021-yil.
Moldovada saylangan prezident Mayya Sandu Respublika saroyidagi inauguratsiya marosimida. Sandu Respublika saroyiga piyoda keldi, uni tarafdorlar olqishlar bilan kutib olishgan. 2020-yil.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi inauguratsiya marosimida. Marosim oldindan e’lon qilinmagan, faqat yuqori amaldorlar va parlament a’zolari ishtirok etgan. 2020-yil.
Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Petr Poroshenko Kiyevdagi Oliy Radada inauguratsiya marosimida. 2014-yil.
Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevdagi inauguratsiya marosimi oldidan. 2019-yil.
Boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli o‘laroq, Fransiyada prezident qasamod qilmaydi. Protokolga ko‘ra, Fransiyaning iste’foga chiqqan va yangi saylangan prezidentlari Yelisey saroyi zinapoyasida uchrashadi. Keyin eski davlat rahbari yangisiga yadroviy chamadonni topshiradi va sobiq qarorgohini tark etadi.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning xavfsizlik xizmati xodimi uni inauguratsiya marosimi chog‘ida minbarga bostirib kirgan noma’lum shaxsdan himoya qilishga harakat qilmoqda. Marosim 2019-yil bo‘lib o‘tgan.
Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisidagi inauguratsiya marosimida. 2004-yilda bo‘lib o‘tgan lavozimga kirishish marosimi ikki kun davom etgan.
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning lavozimga kirishish marosimi 2011-yil bo‘lib o‘tgan. Qonunga ko‘ra, bosh vazir boshchiligidagi amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan prezident oldidan iste’foga chiqadi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Mustaqillik saroyida Qozog‘iston xalqiga qasamod qabul qilish marosimida. Marosim 2022-yilda bo‘lib o‘tgan.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon inauguratsiya marosimi 1999-yilda o‘tkazilgan. Inauguratsiya marosimida Rossiya bosh vaziri Vladimir Putin boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov inauguratsiya marosimi 2007-yilda o‘tkazilgan. U qasamod qabul qilganidan so‘ng, mamlakatning besh viloyati oqsoqollari Berdimuhamedovning bo‘yniga prezidentning o‘ziga xos ko‘krak nishonini osib qo‘yishgan.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston poytaxti Ashxoboddagi inauguratsiya marosimida qasamod qilmoqda. Tantanali marsh sadolari ostida Faxriy qorovul askarlari zalga Davlat bayrog‘i, prezidentining shtandarti, Konstitutsiya, prezidentining Faxriy ko‘krak nishonini, shuningdek Qur’oni Karim olib kiriladi. 2022-yil.
Roza Otunbayeva 2010-yil 3-iyulda Bishkekdagi inauguratsiya marosimida. Roza Otunbayeva MDH, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari tarixidagi birinchi ayol prezident bo‘lgan.
Prezident Sadir Japarov Qirg‘izistonda inauguratsiya marosimida. Inauguratsiya marosimida u xalq manfaati yo‘lida mehnat qilishga va’da berib, qasamod qilgan. Prezidentga Markaziy saylov komissiyasi davlat ramzlari – ko‘krak nishoni va prezident shtandelini topshirgan. 2021-yil.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va deputatlar oqsoqoli, taniqli o‘zbek va sovet rejissori, SSSR xalq artisti Malik Qayumov. Surat 1990-yil 24-martda, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasida Karimov O‘zbekiston SSR prezidenti etib saylanganidan keyin olingan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi. Marosim 2016-yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosida o‘tkazilgan. Marosimda Markaziy saylov komissiyasi Mirziyoyevga “O‘zbekiston prezidenti etib saylanganligi to‘g‘risida”gi guvohnomani topshirgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi. Marosim 2021-yil Oliy Majlis Senati binosida o‘tkazilgan.
Prezident Oliy Majlis palatalarining qo‘shma yig‘ilishida qasamod qabul qilgan. Prezident bir vaqtning o‘zida Konstitutsiya va Qur’on kitoblariga qo‘lini qo‘yib qasamod qilgan.