TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Yuy Szun Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi, deya xabar berdi O‘zA.
Yuy Szun 1972-yil avgust oyida tug‘ilgan. Xitoy Kommunistik partiyasi a’zosi, oliy ma’lumotli. Tashqi ishlar vazirligining tegishli departament va boshqarmalarida, shuningdek, xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda ishlagan.
Yangi elchining so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi Xitoyning O‘zbekistonga nisbatan tashqi siyosatiga qat’iy sodiq bo‘ladi, O‘zbekiston jamiyatining xayrixoh vakillari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy elchisi Szan Yan O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani ma’lum qilingandi. U O‘zbekistonda 5-yil ishlagan.