Qrim desant kemalari Ka-65 “Minoga” paluba vertolotlariga ega bo‘ladi

Rossiya boshqa davlatlar dengiz kuchlarining Rossiya dengiz flotidan sezilarli ustunligiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Rossiyaning kemasozlik dasturi 2050-yilga qadar belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda. Yangi kemalar ishlab chiqarish yuqori suratini Ukrainada boshlangan maxsus harbiy operatsiya ham pasaytira olmaydi.
Kerchda joylashgan “Zaliv” zavodi 23900-loyiha bo‘yicha ikkita universal desant kemalari (UDK) (“Ivan Rogov” va “Mitrofan Moskalenko”) qurilmoqda. Ular 2028-yilda – dengizga chiqishga qadar Ka-65 “Minoga” eng yangi vertolotlarga ega bo‘ladi.

Universal desant kemalari bortida doimiy asnoda Ka-65 “Minoga” qayiqqa qarshi vertolotlar, Ka-52K “Katran” ko‘pmaqsadli hujum vertolotlari, Ka-31 radio-lokatsion nazorat va Ka-27PS qidiruv-qutqaruv vertolotlari — jami 20 ga yaqin vertolot joylashtiriladi.

Rossiya harbiy-dengiz kuchlari uchun istiqbolli Ka-65 vertolotini ishlab chiqish 2016-yilda boshlangan, “Armiya-2020” harbiy-texnik forumi doirasida “Minoga” texnik loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Yangi mashina qirq yil davomida dengiz xizmatida bo‘lgan Ka-27 qayiqlarga qarshi vertolot o‘rnini bosadi.
Avvalroq, “Vertoleti Rossii” xoldingi bosh direktori Andrey Boginskiy tajribaviy Ka-65 2025-yilda ilk parvozini amalga oshirishi haqida xabar bergan edi. Seriyali ishlab chiqarish 2028-yildan kechiktirmay boshlanadi.
“Minoga” vertoloti Kamov (konstruktorlik burosi) sxemasi bo‘yicha yaratilgan bo‘lib, uning ikkita eltuvchi vinti bitta o‘qda joylashgan. Yangi texnologiyalar va materiallardan foydalangan holda noldan loyihalashtirilmoqda. Shuning uchun har biri 3000 ot kuchiga ega ikkita TV7-117VK gaz turbina dvigatelli Ka-65 “veteran”i Ka-27 ga qaraganda kuchliroq va yengilroq bo‘ladi. Dvigatelni boshqarishni BARK-6 raqamli avtomatik tizimi soddalashtiradi. “Minoga” qurol-yarog‘ majmuasi Rossiya mudofaa sanoatining eng zamonaviy va samarali namunalarini o‘z ichiga oladi. Ka-65 ning radio-elektron apparatlari qo‘shinlar va jangovar boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlariga mos keladi. Yangi avlodning raqamli aloqa majmuasi videoaxborot, radar ma’lumotlari, navigatsiya va ovozli aloqani ta’minlaydi.
Qayiqlarga qarshi, desant va transport modifikatsiyalari bilan, shuningdek, Ka-65 ning Arktika versiyasi — noyob navigatsiya tizimi, qo‘shimcha isitish tizimi va asosiy dvigatelni past haroratlarda ishga tushirish uchun elektr stansiyasi bilan ta’minlangan.
Ka-65 ning uchuvchisiz versiyasini yaratish mumkin (Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi buyrug‘i bilan).
“Minoga” razvedka, qayiqlarga qarshi kurash, desant tushirish kabi vazifalarni kema yoki qirg‘oq aerodromlaridan har qanday ob-havo sharoiti va tunu kun bajarishi mumkin. Korvetdan tortib samolyot tashuvchi kreysergacha bo‘lgan barcha rus kemalari Ka-27 ni qabul qila oladi, yangi “Minoga”ni ham tashishi mumkin.

Asosiy xususiyatlar

Ka-65 vertolotining tezligi, masofasi, yuk ko‘tarish qobiliyati haqidagi ma’lumotlar ochiq manbalarda mavjud emas. Biroq bundan oldingi versiyasining xususiyatlari yaxshi ma’lum.
Ka-27 kemaga qarshi vertoloti dushman suv osti kemalarini kechayu kunduz, murakkab joylarda ham — 500 metrgacha chuqurlikda, bazadan 200 km gacha masofada (ma’lumot uzatilish sharoitlariga muvofiq) aniqlashga qodir. Amaliy parvoz masofasi — 800 km, maksimal tezligi — 270 km / soat.
Ka-27 arsenali APR-2 yoki APR-3 raketalari, UMGT-1 kichik o‘lchamli torpeda va OMAB-25-12D yoki OMAB-25-8N dengiz bombalari bilan dushman suv osti kemasiga hujum qilish imkonini beradi. Ikkita Ka-27PL 2000 kvadrat kilometrgacha suv maydonini qamrab oladi.
Ka-27PS ning qidiruv-qutqaruv modifikatsiyasi 300 kg bo‘lgan yukni ko‘tara oladi. Vint qanotli mashina 5 ballgacha dengiz to‘lqinlari jarayonida ishlay oladi, belgilangan nuqtaga avtomatlashtirilgan parvoz amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Barcha modifikatsiyadagi so‘nggi Ka-65 “Minoga” vertoloti o‘zidan oldingi Ka-27 ga qaraganda kuchliroq va mukammalroq bo‘ladi, deb taxmin qilish mantiqan to‘g‘ri.
Bundan tashqari, asosiy baza — UDK loyihasi 23900 ning imkoniyatlarini hisobga olinishi kerak. Bu kema Fransiyaning "Mistral" vertolot tashuvchisidan barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘zib ketadi. Rossiya UDK bortida Ka-65 vertolotlari o‘zlarining qirg‘oqlaridan 6000 dengiz mili uzoqlikdagi hududlarda, deyarli Tinch okeanining istalgan hududida harakat qilishlari mumkin.
2020 yil 20-iyul kuni Zaliv kemasozlik zavodida (Qrim ko‘prigidan sakkiz kilometr uzoqlikda) 40 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan ikkita loyiha 23900 vertolot tashuvchi universal desant kemasi Kerchda joylandi.
Rejaga ko‘ra, “Ivan Rogov” UDK birinchi bo‘lib dengizga chiqadi. Quruq dok Kerch zavodida bir vaqtning o‘zida 300 000 tonnagacha suv sg‘imi, uzunligi 350 metrgacha va kengligi 58 metrgacha bo‘lgan qayiqlar va kemalarni bir vaqtning o‘zida ikkita yoki uchta korpus qurishga imkon beradi.
Korxona mutaxassislari harbiy kemalar va atom elektr tizimiga ega kemalarni qurish bo‘yicha 2-3-darajali tajribaga ega.
Qrim Rossiyaga qaytarilgandan so‘ng “Zaliv” zavodi dengiz flotining 22 ta qayiqlari va kemalarini qurish uchun buyurtma olgan — bu ko‘p yillik ish.
“Rostex” (tarkibiga “Vertoleti Rossii” ham kiradi) Rossiya Mudofaa vazirligi uchun qurol ishlab chiqarishni yanada oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Davlat siyosatining asoslariga ko‘ra, Rossiya “boshqa davlatlar dengiz kuchlarining Rossiya dengiz flotidan sezilarli ustunligiga yo‘l qo‘ymaydi va jangovar qobiliyat bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallashga intiladi”.