Pashinyan Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Armaniston hukumati rahbari Mirziyoyevni prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, katta muvaffaqiyatlar va baxt-saodat tiladi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Bugun, 12-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, muloqotda ikki tomonlama munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Armaniston hukumati rahbari Mirziyoyevni prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, katta muvaffaqiyatlar va baxt-saodat tiladi.
Suhbatda amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surish maqsadida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi hamda qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Ushbu maqolada Mirziyoyevni yana qaysi davlat yetakchilari tabriklagani haqida o‘qishingiz mumkin.