NATO "kerak bo‘lsa" Polshaga yuz ming askarini yuborishi mumkin

Polsha prezidenti mamlakatga hujum bo‘lgan taqdirda NATO 100 ming askarini yuborishi mumkinligini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi a’zolari Polshaga "kerak bo‘lsa" 100 ming askarni joylashtirish rejasini qabul qildi, dedi Polsha prezidenti Anjey Duda. Uning nutqi Polsha televideniyesi orqali namoyish etildi.

"Men nima kutilayotganini tushuntira olaman: agar hujum bo‘lsa, masalan, Brest darvozasiga (Belarusning Brest shahridan - Tahr.), plyus-minus 100 000 NATO askari zudlik bilan himoya qilish uchun bizning hududimizga yuboriladi", - dedi siyosatchi NATOning Vilnyusdagi sammiti tugaganidan keyin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bular “NATO tomonidan mudofaa rejalari doirasida tasdiqlangan” postulatlardir.
Hozir respublika hududida alyansning 10 mingga yaqin askarlari joylashgan bo‘lib, ularning aksariyati AQSh qurolli kuchlari vakillaridan iborat.
Bundan tashqari, Polshada qurollar saqlanadigan omborlar joylashtiriladi.