TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Ukrainaga (bir tomonlama) har qanday xavfsizlik kafolatlarini berish o‘ta noto‘g‘ri va o‘ta xavfli, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Ukrainaga har qanday xavfsizlik kafolatlarini berish orqali bu davlatlar aslida xavfsizlikning bo‘linmasligi haqidagi xalqaro tamoyilga e’tibor bermayapti. Ya’ni Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish orqali ular Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga tajovuz qilmoqdalar", - dedi Kreml matbuot kotibi jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu har qanday rejalashtirish gorizontida "juda va juda salbiy oqibatlarga" to‘la.
Eslatib o‘tamiz, bugun Vilnyusda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida G7 davlatlari Ukrainani uzoq vaqt davolmida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rezolyutsiya e’lon qilishgan edi. Unda Kiyevga harbiy texnika ajratish, razvedka ma’lumotlari almashinuvini kuchaytirish, Ukraina Qurolli kuchlari uchun o‘quv dasturlarini kengaytirish, shuningdek, sanoat obyektlarini rivojlantirishni nazarda tutilgan.