TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Bugundan “Uzbekistan GTL” zavodida ishlab chiqarilayotgan dizel narxi arzonlashtirildi. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugundan boshlab Respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali sotuvga qo‘yiladigan sintetik dizel yoqilg‘isi bir tonnasining boshlang‘ich narxi 10 116 972 so‘mdan 9 499 953,08 so‘mgacha arzonlashtirildi.
"12 iyundan boshlab, Uzbekistan GTL zavodi quvvatlarining bosqichma-bosqich ishga tushirilishi, ishlab chiqarish hajmining ortishi hamda iste’molchilarni sifatli va ekologik toza dizel yoqilg‘isi bilan ta’minlash maqsadida arzonlashtirildi", - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz” yarim sintetik dizel yoqilg‘isining narxi bir tonna uchun 13 488 974 so‘mdan 11 673 687 so‘mgacha pasaytiriladi.
"GTL" dizel yoqilg‘isi “Yevro-6” standartining Yevropa sifat darajasiga javob beradigan zamonaviy va yuqori sifatli yoqilg‘idir.
"GTL" dizeli “Yevro-4” va undan yuqori standart yonilg‘ida ishlaydigan yengil avtomobillar va yuk mashinalari, shuningdek, mahalliy va xorijda ishlab chiqarilgan katta gabaritli va maxsus dizel yonilg‘ili transport vositalari uchun ideal tarzda mos keladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili "Uzbekistan GTL" zavodida ilk sintetik dizel ishlab chiqarish boshlangan edi. 29-avgust kuni sintetik dizelning boshlang‘ich narxi 15 mln 550 ming 500 so‘mdan 14 mln 504 ming 378 so‘mgacha kamaytirilgan.
Shu yilning may oyida Shavkat Mirziyov mutasaddilar oldiga benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘ygan edi.