TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Vashingtonning maxsus zonasidagi bolalar bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirli tashvishi AQShning Ukrainaga bolalarni xalqaro asrab olish manbai sifatida qarashiga bilan bog‘liq, deyilgan Rossiya TIV saytida e’lon qilingan xabarda.
Vashingtonning maxsus harbiy operatsiya zonasidagi bolalar bilan bog‘liq vaziyatdan yuzaki tashvishi AQSh rasmiylari Ukrainani bolalarni xalqaro asrab olishning asosiy manbalaridan biri deb bilishi bilan bog‘liq, — deyilgan Rossiya TIV xabarida.
Rossiya TIVga ko‘ra, AQShning o‘zini “bolalar huquqlarining asosiy himoyachisi” sifatida ko‘rsatishga urinishlari na qonun, na amaliyot tomonidan mustahkamlanmagan. AQShda farzand asrab olish jarayoni shaffof emas, korrupsiyalashgan va “siyosiy neokolonial konyunkturaga bo‘ysungan”.
"Afsuski, rossiyalik bolalarni Amerika fuqarolari tomonidan asrab olish jarayonida Rossiyaning voyaga etmagan fuqarolari huquqlarini qo‘pol ravishda buzish holatlari ko‘p bo‘lgan", — deyilgan bayonotda.
Rossiya TIV bu amaliyot 2013-yildan beri taqiqlanganiga aniqlik kiritdi.
AQShda xalqaro farzandlikka olish jarayonida bolalar huquqlarining buzilishi muammosi tegishli hisobotda aks etgan.