O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Xorijiy davlat rahbarlarining Shavkat Mirziyoyevga yo‘llangan tabrik so‘zlarida nima deyilgan?

Saylovdagi g‘alaba bilan Shavkat Mirziyoyevni birinchilardan bo‘lib — Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo davlatlari (Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston), Ozarbayjon, Belarus, Turkiya, Eron, Vengriya, BAA yetakchilari tabrikladi.
Sputnik
Rossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin
"Ovoz berish natijalari O‘zbekistonda mamlakatni yanada jadal rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar siyosati xalq tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor ko‘rsatdi".
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin
“Prezidentlik saylovi natijalari Siz hamda amalga oshirayotgan ichki va tashqi siyosatingiz O‘zbekiston xalqi tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatdi. Dono rahbarligingiz ostida milliy taraqqiyot va tiklanish dasturi, hech shubhasiz, ulkan muvaffaqiyatlarga olib kelishiga ishonaman".
Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov
Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov
Turkmaniston yetakchisi prezidentni saylovda qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon
Tojikiston rahbari mamlakat yetakchisini ishonchli g‘alaba bilan samimiy qutlab, qator sohalarda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev
Qozog‘iston rahbari Mirziyovni g‘alaba bilan chin dildan qutlab, unga yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa farovonlik va ravnaq tiladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov
Qirg‘iziston yetakchisi g‘alaba bilan tabriklab, ovoz berish natijalari aholi O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan pragmatik siyosatga ishonishi va uni keng qo‘llab-quvvatlashini yaqqol ko‘rsatganini aytdi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov
G‘alaba bilan samimiy qutlagan Berdimuhamedov prezident bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev
Ozarbayjon rahbari mamlakat yetakchisini samimiy tabriklab, do‘st O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko
Belarus prezidenti davlat rahbarini g‘alaba bilan samimiy qutlab, O‘zbekistonga katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an
Turkiya prezidenti davlat rahbarini g‘alaba bilan dildan qutladi, saylovchilarning ovoz berishdagi faol ishtirokini hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar aholi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanganini ta’kidladi.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy
Eron rahbari mamlakat yetakchisini samimiy tabriklab, mamlakatning Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiyning salomi va tabriklarini ham yetkazdi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban
Vengriya bosh vaziri mamlakat yetakchisini g‘alaba bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev
Muloqotda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon
BAA Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon
Shayx Mansur Ol Nahayon O‘zbekiston rahbarini ishonchli g‘alaba bilan dildan qutlab, mamlakat xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi. BAA prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning tabrigi va eng ezgu tilaklarini ham yetkazdi.