TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Ukrainadagi harbiy mojaro AQShning Xitoy bilan qarama-qarshilikka tayyorlanishiga aylandi, deb yozadi "The New York Times".
"Urush, shuningdek, AQShning Xitoy bilan to‘qnashuvi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydi, bunda Yevropaning yordamiga osonlikcha ishonish mumkin emas", — deyilgan maqolada.
Maqolada qayd etilishicha, Vashington allaqachon Pekinning strategik texnologiyalarga kirishini cheklash va harbiy ishlab chiqarishni kengaytirishni boshlagan.
Mualliflarning fikricha, NATO Yevropani Xitoy bilan munosabatlarda o‘ziga xos tarzda harakat qilishga majbur qilmoqda.
Ular Ukrainadagi mojaro natijasida Amerika korporatsiyalari Yevropa qurol-yarog‘ buyurtmalaridan foyda ko‘radi, yevropaliklar esa urushdan keyingi davlatni tiklash xarajatlarini o‘z zimmalariga oladilar, degan xulosaga kelishdi.