TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) delegatsiyasini qabul qildi.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev prezident saylovini kuzatish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Kotibiyati direktori Bubakaram Adamu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
IHT delegatsiyasi mazkur siyosiy tadbirning mamlakat taraqqiyoti uchun ahamiyatini yuqori baholab, saylovchilar faolligi yuqori ekanligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda mamlakat bilan mazkur tuzilma o‘rtasidagi ta’lim, fan va innovatsiyalar, ekologiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada faollashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.