TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) 4-iyundan buyon o‘zining “qarshi hujumi” doirasida 26 mingdan ziyod harbiysi va 3 mingta qurol-aslahasini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“4 iyundan buyon dushmanning yo‘qotishlari 26 ming nafardan ziyod harbiy xizmatchi va 3 mingta turli qurol-yarog‘ni tashkil etdi”, - dedi Shoygu.
Rossiya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, shu davr mobaynida Ukrainaning 21 ta samolyoti, 5 ta vertoloti, 1244 ta tanki va boshqa zirhli texnikasi, jumladan, 17 ta “Leopard”, 12 ta “Bredli” yakson qilingan.
Ukraina biror bir yo‘nalishda o‘z maqsadlariga erisha olmagan.