TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. 10 iyul kuni — Rossiyada Potr I qo‘mondonligida rus armiyasining 1709-yildagi Poltava jangida Karl XII shved qo‘shinlari ustidan qozongan g‘alabasi sharafiga Harbiy shon-shuhrat kuni sifatida nishonlanadi.
Rossiyaning g‘alabasi Shvetsiyaning Yevropadagi hukmronligiga (mutlaq) barham bergan va Ukrainaning hozirgi qahramoni bo‘lgan xoin-getman Ivan Mazepaning sharmandali yakuniga yetgan.
Ukraina harbiy harakatlar teatridagi hozirgi voqealar fonida, Poltava jangi natijalari ikkita tarixiy muhim saboqni eslatadi — davlat betarafligining afzalliklari va xiyonatning to‘lovi.
1709 yil 8-iyulda rus armiyasi ikki soat davom etgan jangda o‘sha vaqtda Yevropada eng kuchli hisoblangan shved armiyasini mag‘lub etgan. Bu hodisa Shimoliy urushda (1700-1721) Rossiya foydasiga strategik burilish nuqtasiga olib kelgan. Avvalroq Potr I shvedlardan Livoniyani tortib oldi va 1703-yilga kelib u “Yevropaga yo‘l ochdi” — Sankt-Peterburg shahriga asos soldi.
Shvetsiya qiroli Karl XII 1709-yilda markaziy Rossiya hududiga janubdan — Xarkov va Belgorod orqali “assimetrik” hujum qilishga qaror qilgan. Shunday qilib, ikki qo‘shin may oyidan beri qamalda bo‘lgan Poltava yaqinida to‘qnash keladi — ikki minglik rus garnizoni dushmanning yigirmadan ortiq hujumini qaytargan.
Potr I qo‘shinlarining umumiy soni 100 ta artilleriya bilan 60 mingga yaqin askar edi. Jangda 25 ming piyoda askar va to‘qqiz ming dragun qatnashgan, rus armiyasi 1345 askarni yo‘qotgan va 3290 kishi yaralangan.
Karl XII ning armiyasi taxminan 37 ming kishidan, jumladan 3000 ukrainalik getman Ivan Mazepa kazaklaridan iborat edi. Shvetsiya armiyasining yo‘qotishlari halokatli darajada bo‘lib chiqdi: piyoda va artilleriya yo‘q bo‘ldi — 9000 askar va qo‘mondonlar halok bo‘lgan. 19 ming shved, shu jumladan barcha generallar asirga olingan. Oradan ko‘p yillar o‘tib, to‘rt mingdan kam asirlar ozodlikka chiqib o‘z vataniga qaytgan.
Jangdan so‘ng qirol Karl XII Usmonli turk imperiyasining hududiga qochishga muvaffaq bo‘lgan va keyin yana 12-yil davomida Rossiyaga zarar yetkazgan. Shunga qaramay, Poltavadagi mag‘lubiyat Shvetsiyaning “buyuk kuchi” ning qulashi, shved betarafligining boshlanishi bo‘ldi. Bu bir necha asrlik tarixiy bo‘ronlarga qaramay, mamlakatga iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli rivojlantirish va ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat qurish imkonini berdi.
Shvedlar bugungi kungacha Potr I ni yaxshi so‘z bilan xotirlashlari bejiz emas. Zamonaviy Ukraina uchun Poltava yaqinidagi shvedlarning qirilishi mag‘lubiyat bo‘lib qolmoqda va bu butunlay boshqacha, muqobil tarix.
O‘lim sari “Yevropa yo‘li”
Buyuk davlatlar soyasi ostida Shvetsiya 200-yildan ortiq vaqt davomida halokatli urushlarda qatnashmadi va urushdan keyingi tiklanishning qiyin davrlarini boshidan o‘tkazmadi. Garchi XX asrda u ikki marta jahon urushlarida “bolg‘a va sandon” o‘rtasida bo‘lgan.
Betaraflik qirollikni katta talofatlar va tovonlardan qutqardi, sanoatining texnologik rivojlanishiga, kapitalining o‘sishiga va aholi farovonligiga hissa qo‘shdi.
Albatta, vaqt o‘tishi bilan betaraflik o‘zgardi — 1960-yilda AQSh Shvetsiyaga uning g‘arbiy qirg‘oqlari yaqinida yadroviy suv osti kemalarini joylashtirish orqali xavfsizlik kafolatlarini taqdim etdi. Bu haqda faqat 35-yildan keyin ma’lum bo‘ldi. 2014-yil Qrim bahoridan keyin Stokgolm Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shildi.
Bugungi kunda harbiy qudrat bo‘yicha jahon reytingida 10 millionlik Shvetsiya 145 ta ehtimoliy davlat orasida, Nigeriya va Manma o‘rtasida 37-o‘rinni egallab turibdi. Stokgolm NATO davlatlari bilan faol hamkorlik qilib, 16 ming kishilik armiyasini modernizatsiya qilmoqda va harbiy ishlab chiqarishni oshirmoqda.
Shunga qaramay, u qandaydir noaniqlik bilan, xuddi bosim ostida bo‘lgandek, Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo bo‘lish tomon harakat qilmoqda. Shvedlar, albatta, rus qo‘shinlari bilan Poltava jangining takrorlanishini xohlamaydilar — ular Potr I ning tarixiy saboqlarini, shuningdek, Karl XII, Napoleon va Gitlerning fojiali tajribasini esda saqlashmoqda.
Ajablanarlisi shundaki, Ukrainada xoin-getman Ivan Mazepa bugungi kunda rasman milliy qahramon deb hisoblanadi va Rossiya manfaatlariga xiyonat hali ham ahamiyatga ega.
Keling, Mazepaning Ukraina polklari Shvetsiya qiroli uchun qon to‘kgan Poltava jangi maydoniga qaytaylik. Qanday qilib bu mumkin bo‘lib qoldi?
Kiyev rejimi Mazepani Malorossiya (o‘sha vaqta Ukraina hududi nomi) mustaqilligi uchun, deyarli, oliy jangchi sifatida tasvirlaydi. Tarixiy hujjatlar asli ukrainalik kichik dvoranlardan bo‘lgan Ivan Mazepa o‘z faoliyati davomida bir necha bor egalarini almashtirganini tasdiqlaydi.
Misol uchun, 1655-yilda u katolik-qirol Yan II Kazimir xizmatiga borgan va o‘sha paytda polyaklar bilan kurashayotgan Ukraina bilan Rossiyaga xiyonat qilgan. 1666-1674 yillarda Usmonli turk imperiyasi va getman Samoylovichga xizmat qilgan. Sofiya saroy a’zolarining yordami bilan 1687-yilning yozida Ivan Mazepa Ukrainaning chap qirg‘og‘iga getman etib saylangan.
Uzoq vaqt davomida u Potr I ning eng yaqin sherigi hisoblangan.Malorossiya chap qirg‘og‘ining iqtisodiy tiklanishi uchun juda ko‘p ish qilgan. 1705-yil Shvetsiya qiroli Karl XII ga qarshi harakatlarda qatnashgan. Rossiya oldidagi ko‘plab xizmatlari uchun Mazepa tarixda ikkinchi bo‘lib oliy davlat mukofoti — “Svatoy Andrey Pervozvanniy” ordeni bilan taqdirlangan. Biroq, Polshada olgan iyezuit ta’limi (salbiy ishlari bilan tanilgan diniy oqim), hukmronlik va yanada ko‘proq boylikka o‘chlik uni xiyonat yo‘liga undagan.
Mazepa 1707-yilda Karl XII bilan yashirin muzokaralar olib borgan va 1708-yilda qirol Stanislav Leshinskiy bilan shartnoma tuzib, Kiyev, Chernigov va Smolenskni Polshaga va’da qilgan. 1708-yil oktabrda Novgorod-Severskiyda getman Mazepa va 3000 nafar Zaporojye kazaklari Buyuk Shimoliy urushda Rossiyaning dushmani Shvetsiya qiroli Karl XII bilan ochiqdan-ochiq birlashib, Moskvaga yurish qilganlar.
Mazepaning xiyonati janubiy Rossiyada kazaklarning kuchli qo‘zg‘oloniga olib kelmagan (getman 50 000 kishilik armiya to‘plashni kutgan). Xoin barcha unvonlaridan mahrum qilingan, cherkovdan chetlatish buyrug‘i e’lon qilingan. Tarix o‘z hukmini chiqargan. Mazepa Bendera turk qal’asiga qochib ketgan va u yerda Poltava jangidan roppa-rosa ikki oy o‘tgach, uning hayoti sharmandalarcha yakuniga yetgan.
Zamonaviy Ukraina afsona yaratuvchilari Rossiyaga eng katta xoinlikni amalga oshirgan insonni oqlashga intilishadi: go‘yo Ivan Mazepaning “xiyonati” qandaydir qiyin “Ukraina tanlovi”, uchta qo‘shni davlatga “polivassal qaramlik” istagini anglatadi (Ukrainaning “Yevropa integratsiyasi” hamda 2004 va 2014-yillardagi mitinglarni eslaymiz). Biroq, Karl XII va Mazepaning qo‘shma kuchlari bosqinchilar va xoinlarga eshik ochmagan Kichik Rossiya shaharlarini yoqib yuborgan, aholi butunlay qirib tashlagan.
Bunday “tanlov” har doim xiyonat deb atalgan va ko‘pincha xoinlarning hayoti dor yoki qatl qilinish bilan yakunlangan.
1990 yillarning boshlarida Ukraina soxta davlatchiligi darhol Rossiya bilan tarixiy aloqani inkor etish yo‘nalishiga o‘tdi, Rossiyaga qarama-qarshi turdi, Rossiya manfaatlarini G‘arb davlatlariga sotdi (garchi iqtisodiy farovonlik uchun faqat betaraflik kerak edi).
Bu Ukraina “mustaqilligi” ning havas qilib bo‘lmas taqdirini oldindan belgilab berdi. Kiyev rejimi Poltava jangidagi “muvaffaqiyat” ni va sotqin Mazepaning so‘nggi “ishlarini” takrorlamoqda. Turkiya, aftidan, qochoq “getman Zelenskiy”ga boshpana berishga doim tayyor.