Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiy Ukrainadagi mojaroni 5 daqiqada tugatish yo‘li haqida gapirdi

Zelenskiy: Bayden Ukraina hududlari evaziga mojaroni 5 daqiqada tugatishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi mojaroga besh daqiqada barham berishi mumkin, dedi Vladimir Zelenskiy ABC News telekanaliga.

Agar biz Ukraina hisobiga mojaroga barham berish, boshqacha qilib aytganda, bizni hududlarimizni berishga majbur qilish haqida gapiradigan bo‘lsak, menimcha, shu yo‘l bilan Bayden hatto besh daqiqada ham uni tugatishi mumkin, — dedi Zelenskiy.

Unga ko‘ra, Kiyev bunga rozi bo‘lmas edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bir kun ichida Ukraina mojarosiga chek qo‘yishi mumkinligini aytgandi.