YuNESKO Ukraina madaniy boyliklarini Yevropaga olib chiqib ketmoqda — Zaxarova

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi YuNESKOni Ukrainadan qimmatbaho narsalarni yashirishga yordam berishda aybladi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. YuNESKO qimmatbaho tarixiy buyumlarni Ukrainadan olib chiqib Yevropa Ittifoqi davlatlarida "joylashtirish" yordam bermoqda, dedi Rossiya TIV maxsus vakili Mariya Zaxarova Sputnik radiosiga.
"Siz hali ham ular Ukraina hududidan faol olib chiqib ketilayotgan qimmatbaho buyumlarni nima qilishayotganini bilmayapsiz, men YuNESKOni nazarda tutapman. Ular qilayotgan ishlarni yarim banditizm desa bo‘ladi. Buning alohida hikoyasi, ma’lumotlari mavjud. Afsuski, YuNESKO Ukraina hududidan olib chiqilayotgan va Ukraina xalqiga tegishli bo‘lgan madaniy qadriyatlarni yashirish va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududida joylashtirishga bilan bevosita shug‘ullanayotganini, homiylik qilayotganini tasdiqlovchi ishonchli manbalar mavjud”, - dedi Zaxarova.
Zaxarova ta’kidlashiga ko‘ra, bunday ma’lumotlar Rossiya TIVda bor. Shuningdek Fransiyaaning Le Monde gazetasi ham bu haqda maqola chop etgan.
"Bu uzoq vaqt oldin boshlangan, ko‘p yillar davomida Ukraina hududida AQSh aralashuvi boshlanganida boshlangan ... Hozir ular o‘z madaniy merosini isrof qilmoqda", deb qo‘shimcha qildi Zaxarova.
Biroz oldin Rossiya tashqi razvedkasi rahbari Sergey Narishkin ma’lumotlariga asoan, Kiyev va YuNESKO o‘rtasida Kiyev-Pechersk lavrasidan nasroniylarning qimmatbaho buyumlarini, jumladan, avliyolarning yodgorliklarini olib chiqish va ularni G‘arbga ko‘chirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabar bergan edi.
Kiyev-Pechersk lavrasi - eng qadimiy monatirlardan biri bo‘lib, unga 1051-yilda Yaroslav Mudriy tomonidan asos solingan. Bugungi kunda Lavra rus nasroniylarining 3ta eng muhim yodgorliklaridan biri hisoblanadi va u yerda saqlanayotgan ikona va boshqa diniy qimmatbaho buyumlar nasroniylar uchun nihoyatda qadriyatli.
Niderland sudi Qrim oltin eksponatlarini Ukrainaga bermoqchi