Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainada jami qancha yollanma yo‘q qilingan — MV hisoboti

Rossiya Mudofaa vazirligining maxsus operatsiya boshlanganidan buyon Ukrainaga jami qancha yollanma askar kelganini va ularning keyingi taqdiri haqida hisoboti.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Ukrainada qancha yollanma bor va ular qayerdan kelmoqda? Ayni damda ularning qanchasi yo‘q qilingan va qanchasi qolgan? Rossiya Mudofaa vazirligi batafsil hisobot berdi.
Ma’lumki, Ukrainadagi navbatdagi safarbarlik to‘lqini muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining ko‘p sonli halokatli yo‘qotishlarini yashirish maqsadida Kiyev rejimi nafaqat qo‘shni Polsha va Amerika, balki Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqda ham yollanma askarlar jalb qilishni kuchaytirdi.

Jami qancha yollanma kelgan

2022 yil 24-fevraldan buyon Ukraina Qurolli Kuchlari tomonida harbiy harakatlarda qatnashish uchun 84 ta davlatdan 11 675 nafar xorijiy yollanma askar rasmiy ravishda Ukraina hududiga yetib kelgan. Eng ko‘p sonli yollanmalar 2022-yilning mart-aprel oylarida kelgan, biroq birinchi yo‘qotishlardan so‘ng ularning kelish dinamikasi keskin kamaydi.

Yollanmalar qayerdan kelgan:

Polsha - 2600 dan ortiq,
AQSh va Kanada - 900 dan ortiq,
Gruziya - 800 dan ortiq,
Buyuk Britaniya - 700
Ruminiya - 700 dan ortiq,
Xorvatiya - 300 dan ortiq,
Fransiya - 200,
Suriya (turklar nazorati ostidagi qismi) - 200 dan ortiq kishi.

Qanchasi yo‘q qilingan

2023 yilning 30-iyun holatiga ko‘ra, aksariyati AQSh, Kanada va Yevropa davlatlaridan bo‘lgan 4845 nafar xorijiy yollanma askar yo‘q qilingani ishonchli tarzda tasdiqlandi.
Yana 4801 nafar xorijlik jangari Kiyev rejimining ularga nisbatan munosabatidan kelib chiqib, Ukraina hududini tark etdi.
Bugungi kunda Ukraina Qurolli Kuchlari saflarida 2029 nafar yollanma askar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Jangda

Asirga olingan ukrainalik harbiy xizmatchilarni so‘roq qilish chog‘ida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlarining to‘qnashuv chizig‘ida harakat qilayotgan bo‘linmalari qo‘mondonlari xorijlik yollanma askarlarning yo‘qotishlari uchun javobgar emas. Ukraina qo‘mondonligi chet el yollanma askarlari tomonidan boshqariladigan bo‘linmalarni birinchi navbatda Rossiya pozitsiyalariga "go‘shtli hujumlar"ga uradi. Yarador yollanma askarlarni evakuatsiya qilish faqat Ukraina harbiy xizmatchilari olib chiqilganidan keyin "qoldiq" tamoyiliga muvofiq tashkil etiladi.
Xorijlik yollanma askarlardan Kiyev rejimi “to‘p yemi” sifatida foydalanmoqda. Ukraina qo‘mondonligidan hech kim o‘z hayotidan afsuslanmaydi. Shuning uchun ularda bitta tanlov bor - Ukrainadan qochish yoki o‘lish.

Ular qanday yollanmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, shaxsiy yo‘qotishlarning ko‘pligi sababli Kiyev rejimi so‘nggi oyda Argentina, Braziliya, Afg‘oniston, Iroq va Suriyaning Amerika nazoratidagi hududlarida xorijlik yollanma askarlarni yollashni boshlagan. Polsha, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida "Kiyev rejimi uchun" o‘lishga qiziqishning bir necha bor kamayishi munosabati bilan AQSh va Kanadada yollash faoliyati faollashdi. Bu ish Ukraina xorijiy agentliklari negizida G‘arb razvedka xizmatlari, birinchi navbatda Markaziy razvedka boshqarmasi va u tomonidan nazorat qilinadigan xususiy harbiy kompaniyalar - "Akademi", "Kyubik" va "Din korporeyshn" ko‘magida olib borilmoqda.
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiya davomida Ukraina hududining qayerda joylashganidan qat’i nazar, xorijiy yollanma askarlarni yo‘q qilishni davom ettiradi.