TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti saylovida qonun buzilish holatini tekshirish bo‘yicha 5 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov brifingda ma’lum qildi.
Murojaatlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Sirdaryodan kelib tushgan.
Ularning 1 tasi o‘z tasdig‘ini topmagan. Qolgan 4 tasi bo‘yicha murojaatchiga tushuntirish berilgan.
Jiddiy qoidabuzarliklar aniqlanmagan. Barcha murojaatlar Bosh prokuraturaning ishonch telefoni orqali qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9-iyul kuni O‘zbekistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi.